MUHIM! BU SAYTDAN FOYDALANISHDAN OLDIN USHBU FOYDALANISH SHARTLARINI DIQQAT BILAN O‘QIB CHIQING. Sizning ushbu saytdan foydalanishingiz va ushbu saytda mavjud ma’lumotlarga nisbatan quyidagi shartlar va qoidalar qo‘llanadi:
Egalik – Bu www.kimberly-clark.com sayti KIMBERLY-CLARK KORPORATSIYASIga (“Kimberly-Clark”) tegishli, uni boshqaradi va ta’minlanadi hamda u sizga axborot berish, ta’limingiz, o‘yin-kulgi va muloqotingiz uchun yaratilgan. Ushbu sayt va uning barcha ko‘zga tashlanadigan komponentlari, jumladan, biroq bu bilan cheklanmagan holda, matn, tasvirlar va audioga nisbatan mualliflik huquqlari Kimberly-Clark kompaniyasiga tegishli.
Foydalanish bo‘yicha cheklashlar – Bu saytdan faqat shaxsiy, notijorat maqsadlarda foydalanish mumkin. Siz ushbu saytning to‘liq yoki biror qismini nusxalash, ko‘paytirish, qayta nashr qilish, joylashtirish, tarqatish, uzatish yoki o‘zgartirishingiz mumkin emas.
Savdo belgisi haqida eslatma – Barcha nomlar, logotiplar va savdo belgilari Kimberly-Clark kompaniyasi mulki hisoblanadi va siz Kimberly-Clark kompaniyasining yozma roziligisiz bunday materiallardan hech qanday maqsadda foydalana olmaysiz.
Nomaqbul g‘oyalar – Kimberly-Clark sizning sharhlaringizni olishga hamda mahsulotlarimiz va kompaniyamiz haqidagi savollaringizga javob berishga tayyor. Biroq biz mahsulotlarimizni ishlab chiqish, loyihalash, ishlab chiqarish yoki sotish bilan bog‘liq bo‘lgan nomaqbul g‘oyalar, takliflar yoki materiallarni izlamaymiz va qabul qila olmaymiz. Ushbu siyosatga rioya qilish orqali biz Kimberly-Clark xodimlari ishlab chiqqan mahsulotlar yoki tushunchalarga oid sharhlar yoki g‘oyalarni yuboradigan jamoatchilik vakillari o‘rtasida keyingi tushunmovchiliklarning oldini olishga umid qilamiz.
Agar siz Kimberly-Clark kompaniyasiga ishga qabul qilinsangiz, ushbu saytda taqdim etilgan materiallarning hech biri mehnat shartnomasining bir qismi yoki barchasini tashkil etmaydi yoki bunday deb hisoblanmasligi kerak. Bundan tashqari, taqdim etilgan bayonotlar o‘z xodimlari bilan ixtiyoriy munosabatda bo‘luvchi Kimberly-Clark kompaniyasi beradigan kafolat yoki majburiyatlarni tashkil etmaydi.
Yozishmalaringizni oshkor qilish va ulardan foydalanish – Ushbu saytda chop qilingan materiallar va Kimberly-Clark kompaniyasiga yuborilgan elektron xatlar maxfiy emas va Kimberly-Clark ulardan foydalanilishi yoki ularning oshkor qilinishi uchun javobgar bo‘lmaydi.. Siz ushbu saytga yoki Kimberly-Clark kompaniyasiga elektron pochta orqali yuboradigan barcha xabarlar va boshqa materiallar (jumladan, cheklanmagan holda, nomaqbul g‘oyalar, takliflar yoki materiallar) Kimberly-Clark kompaniyasining yagona va eksklyuziv mulki hisoblanadi va shunday bo‘lib qoladi hamda Kimberly-Clark kompaniyasi ulardan tijoriy yoki boshqa har qanday maqsadda, tovon puli to‘lamay foydalanilishi mumkin.
Yurisdiksiya – Ushbu saytda ko‘rsatilgan mahsulotlar Qo‘shma Shtatlarda mavjud va sizning mamlakatingizda mavjud bo‘lmasligi mumkin. Ushbu saytni Qo‘shma Shtatlardagi Kimberly-Clark kompaniyasi nazorat qiladi va boshqaradi hamda Kimberly-Clark ushbu saytdagi ma’lumotlar va materiallar, jumladan, cheklanmagan holda, bu yerda ko‘rsatilgan mahsulotlarni targ‘ib qiluvchi ma’lumotlar va boshqa materiallarning boshqa joylarda foydalanish uchun mos yoki mavjud ekani haqida hech qanday bayonot bermaydi. Shuningdek, ushbu saytdagi ayrim dasturiy ta’minotlar Amerika Qoʻshma Shtatlari hukumati tomonidan o‘rnatilgan eksport nazorati ostida boʻlishi mumkin va ularni yuklab bo‘lmaslik yoki AQSh emargo qo‘ygan har qanday mamlakatga (yoki uning fuqarosi yoki rezidentiga) boshqa yoʻl bilan eksport qilinmasligi yoki qayta eksport qilinmasligi mumkin. Agar dasturiy ta’minotni yuklab olsangiz yoki undan foydalansangiz, siz ushbu mamlakatda yoki uning nazorati ostida yoki uning fuqarosi yoki har qanday shunday ro‘yxatda emasligingizni bildirasiz va buni kafolatlaysiz.
KAFOLATLARNING RAD QILINISHI – KIMBERLY-CLARK USHBU SAYT KONTENTINING (MATN VA TASVIRLAR) ANIQLIGI, ISHONCHLILIGI YOKI TO‘LIQLIGI YUZASIDAN HECH QANDAY BAYONOT YOKI KAFOLAT BERMAYDI. QONUNDA RUXSAT BERILGAN DARAJADA KIMBERLY-CLARK BARCHA YAQQOL IFODALANGAN YOKI KO‘ZDA TUTILGAN KAFOLATLARNI, JUMLADAN, BIROQ BULAR BILANGINA CHEKLANIB QOLMAGAN HOLDA, SOTUVGA YAROQLILIGI VA ANIQ BIR MAQSADGA MOSLIGI BO‘YICHA NAZARDA TUTILGAN KAFOLATLARNI RAD QILADI. BUNDAN TASHQARI, KIMBERLY-CLARK USHBU SAYT YOKI UNDAN FOYDALANISH IM KONINI BERUVCHI SERVERNING KOMPYUTER “VIRUSLARI”DAN XOLI EKANI TO‘G‘RISIDA KAFOLAT BERMAYDI.
Javobgarlikni cheklash – Kimberly-Clark har qanday turdagi zararlar, jumladan, biroq bular bilan cheklanmagan holda, ushbu sayt yoki undagi kontentga kirish yoki kirish imkoni bo‘lmasligi yoki ushbu saytdan foydalanish yoki unga tayanish natijasida yuzaga keladigan maxsus yoki natijaviy zararlar uchun javobgar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Kimberly-Clark ushbu saytni yoki uning kontentini yangilash majburiyatiga ega emas va Kimberly-Clark bunday ma’lumotlar yangilanmagani uchun javobgar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, Kimberly-Clark siz ushbu saytdagi muayyan havolalar orqali kirishingiz mumkin bo‘lgan boshqa veb-saytlardan foydalanishingiz uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi. Ushbu havolalar va ushbu saytda havola qilingan boshqa "resurslar" Butunjahon Internet tarmog‘i foydalanuvchilariga faqat hammabop xizmat sifatida taqdim etiladi va saytimizga kiritilganlik Kimberly-Clark ma’qullagan yoki unga aloqadorlik bo‘lib hisoblanmaydi.
Veb-translyatsiyalar – Bu veb-translyatsiyalar investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun qulaylik sifatida veb-saytimizda o‘ynatish uchun taqdim etiladi. Ushbu veb-translyatsiyalarda mavjud bo‘lgan ma’lumotlar veb-translyatsiya qilingan sanaga tegishli va Kimberly-Clark bunday ma’lumotlarni yangilash majburiyatini zimmasiga olmaydi.
Tashqi moliyaviy ma’lumotlar – Biz ushbu ma‘lumotlarni foydalanuvchiga qulaylik uchun taqdim etdik va ularni yangilamaymiz.
Boshqa – Kimberly-Clark, o‘z xohishiga ko‘ra, (1) ushbu “Huquqiy bayonot”ni o‘zgartirish, (2) chop qilingan materiallarni nazorat qilish va olib tashlash hamda (3) istalgan vaqtda ogohlantirmasdan sayt kirishni to‘xtatish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Agar ushbu “Huquqiy bayonot”ning har qanday sharti yoki qoidasi noqonuniy, haqiqiy emas, bekor yoki biror sababga ko‘ra amalga oshirib bo‘lmaydigan deb topilsa, bu qolgan shartlar va qoidalarning haqiqiyligi va bajarilishiga hech qanday ta’sir qilmaydi yoki ular buzilmaydi. Ushbu “Huquqiy bayonot” siz bilan Kimberly-Clark o‘rtasidagi bu yerda bayon qilingan mavzu bo‘yicha to‘liq kelishuvni tashkil qiladi.
Ushbu saytdan foydalanish orqali siz yuqoridagi shartlarga roziligingizni tan olasiz. AGAR SIZ USHBU SHARTLAR VA QOIDALARGA ROZI BO‘LMASANGIZ, BU SAYTDAN FOYDALANMANG.